Hamkorlik17-mart, 2025· Telegram @Urganch_IMI

Toshkent Farmatsevtika Texnika Universiteti bilan Hamkorlik

Toshkent Farmatsevtika Texnika Universiteti bilan Hamkorlik
Maktabimizning tabiiy fanlar yo'nalishida tahsil olayotgan 8-11 sinf o'quvchilarining ilmiy-tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida Toshkent Farmatsevtika Texnika Universiteti bilan uzoq muddatli hamkorlik memorandumi tuzildi. Kelishuvga ko'ra o'quvchilar oliygoh laboratoriyalarida tajriba mashg'ulotlarida ishtirok etadilar.